FILIAL KENGASHINING NAVBATDAGI  YIG’ILISHI

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2023/2024-o’quv yili bo‘yicha 11-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o’tkazilgan «Kengash» davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, 2023-2024 o‘quv yili yakunlari to‘g‘risida (ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, ilmiy) hisobot, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomdor stependiyalari tanlovining I-bosqich yakunlari va II-bosqichiga tavsiya etish to‘g‘risida, “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovi natijalari xususida, “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini 2023/2030-yillarda rivojlantirish dasturi” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisobati haqida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida tashkil etilgan “Eng namunali kafedra” tanlovi natijalari to‘g‘risida, mualliflik huquqi guvohnomasini olgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish tо‘g‘risida hisobotlar tinglanib tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan